“Sergey Borodin uy-muzeyiga tashrif”

          26.04.2022 sanada “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti tyutori I.Xolbutayev hamda fakultet “Iqtisodiyot” yo`nalishi 2-bosqich talabalari bilan birgalikda O`zbekiston xalq yozuvchisi, shoir Sergey Borodin uy-muzeyiga tashrif buyurildi. Muzeyga qilingan ushbu tashrif asnosida talabalar Sergey Borodinning shaxsiyati, oilasi, ijodiy-faoliyati, sayohatlari to`g`risida bir muncha ma`lumotlarga ega bo`ldilar. Ayniqsa, muzeyning memorial qismidagi sayohat esdaliklari va ekspozitsiyon qismida joylashgan yozuvchi qalamiga mansub sur`at asarlari, sopol, mis idish bo`laklaridagi epigrafik bitiklar talabalarda katta taassurotlar qoldirdi

 

 

Talabalar ushbu shoirning ijodi bilan tanishib, yozuvchining hayot yo`li, asarlarini o`rganishni o`z oldilariga maqsad qilib qo`ydilar.

“SXTE va B” fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati