“Seminar-trening”

          2022 yil 23 aprel kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari uchun “Turonbank” ATB o‘quv xonasida “Turonbank” ATB Moliya bozori operatsiyalari departamenti direktori Qutbiddinov Isomiddin Zohriddin o‘g‘li ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Isomiddin Qutbiddinov tomonidan “O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida ma’ruza olib borildi.

 

 

Ma’ruza davomida talabalarga bugungi kunda O‘zbekistonda bank tizimida transformatsiyaning mohiyati, valyuta kurslarining o‘zgarishi holatlari, ularga ta’sir o‘tkazayotgan omillarni xususida, shuningdek, mamlakatimizda inflyasiyani pasaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning “Turonbank” ATB misolida aniq tajribalar asosida amalga oshirilishi borasida fikr mulohazalar bildirildi.

 

           

Seminar davomida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollari Islom moliyasi bo‘yicha, bank tizimida foydalanilayotgan yangi zamonaviy dasturlar to‘g‘risida, kredit berish tizimi bo‘yicha berilgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati