“Sadoqat timsoli – Zulfiyani eslab”

Taniqli o`zbek shoirasi, sadoqat timsoli Zulfiya aya Isroilovaning 107 yoshga to`lishlari munosabati bilan SXTE va B fakulteti tyutorlari hamda bir guruh talabalar  tomonidan “Adiblar xiyoboni” ga tashrif buyurilib haykal poyiga gul chambarlar qo`yildi. Talabalar tomonidan Zulfiya Isroilovaning she`rlaridan misralar o`qilib shoira ijodi, hayot yo`li to`g`risida ko`plab ma`lumotlar aytildi. Ushbu tadbir talabalarda Zulfiya aya ijodiga qiziqish, hurmat-e`tiborni yana bir karra yuksaltirdi desak aslo adashmagan bo`lamiz.