“Qizlar faolligi-yurt taraqqiyoti rivoji!”
“Qizlar faolligi-yurt taraqqiyoti rivoji!”
2022 yil 14 oktyabr kuni “TIQXMMI” MTU ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba qizlari uchun fakultet xotin-qizlar kengashi R.Qodirova tashabbusi bilan “Qizlar tarbiyasi va ularni har tomonlama faoliklarini oshirishning ahamiyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirga taklif etilgan mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputati Mamajonova Dilbar Raxmatovna, O‘zbekiston XDP markaziy kengashi “Ayollar qanoti” rahbari Asatova Gulshan Sayitovna hamda Respublika aholini reproduktiv salomatli markazi mutaxassisi shifokor Jalilova Surayyo Abduxalimovnalar ishtirok etishdi.
Tadbirni fakultet dekani o‘rinbosari J.Turdiyev kirish so‘zi ochib berib, mehmonlarni tanishtirib o‘tdi. Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan talaba qizlar uchun jamiyat hayotida ayollarning o‘rni va ularni jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi uchun qo‘shayotgan hissalari hamda mamlakatimiz lider ayollarining faoliyatlari xususida ma’lumotlar berib o‘tildi, shuningdek, xotin-qizlar salomatligi kelajak avlod salomatligida muhim ahamiyatga egaligi asosiy o‘rin tutishi, buning uchun qizlarning har tomonlama o‘z salomatliklariga befarq bo‘lmasliklari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlar rolini oshib borishi ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi, ularni jamiyat hayotining barcha jabhalarida faoliyat olib boryotganliklari va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarning mazmun-mohiyati xususida atroflicha tushuntirib o‘tildi. Uchrashuvda talaba qizlar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti