Motivatsiyaning-shaxs kamolotidagi o‘rni

2022 yil 21 aprel kuni soat 10:00 da B-bino, “Turonbank” ATB o‘quv xonasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining talaba yoshlari uchun “BUSINESS SCHOOL IN TASHKENT” NTM direktori Kadirov Otabek Batirovich bilan “Men yutuqlarga erishaman va kelajagimni qahramoniga aylanaman” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Treningni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, taniqli mehmon, tadbirkorni talabalarga tanishtirib o‘tdi. Trening davomida ma’ruzachi o‘zi asos solgan “BUSINESS SCHOOL IN TASHKENT” NTM xususida ma’lumot berib, faoliyatining mohiyati xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Shundan so‘ng, talaba yoshlar uchun keyingi kelajak hayotiga motivatsiya berish, yutuqqa erishish sirlari, kelajakdagi orzulariga erishish talablari, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, tadbirkorlik sirlarini o‘rgatish masalalari to‘g‘risida batafsil hayotiy tajriba va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar. Trening qizg‘in bahs-munozara asosida o‘tdi.

 

 

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati