Manaviyatga etibor Kelajakga etibor.


Аzaldan xalqimiz kitobga mehr qoʼyib, uni qadrlab, oʼqishga ishtiyoq ota-bobolarimizning qon-qoniga singib ketgan. Ota-bobolarimizning ilm va fan, adabiyot va sanʼatga oid nodir qoʼllanmalari bilan haqli ravishda faxralanamiz. Dunyoning mashhur kutubxonalarida xalqimizning ulugʼ allomalari, tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarining qoʼlyozmalarini kitob holiga keltirib, boqiy umr bagʼishlagan xattotlar, musavvirlar ijodlaridan namunalar saqlanib kelmoqda.

         
Bugun Аdiblar xiyobonidagi Аlisher Navoiy haykali poyida Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi, ijodkorlar, poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalari rahbariyati va talabalar jam boʼldi, shu jumladan universitetimiz rahbariyati bilan birgalikda А.Oripov nomidagi stipendiantlar, SXTE va B fakultetining faol va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. U yerda adiblar haykallariga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalariga kitoblar topshirish marosimi boʼlib oʼtdi. 
Tantanali marosimda Toshkent shahridagi 24 ta oliy taʼlim dargohlari va bu yerdagi adiblar haykallarni yaratishda bosh-qosh boʼlgan Oʼzbekiston Badiiy akademiyasiga Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan jami 10000 dona badiiy kitob topshirildi.
Tadbirda ustoz ijodkorlar boshlab bergan nutqlar adabiyotga ishtiyoqi baland talaba yoshlar mushoirasiga ulanib ketdi. Shuningdek, Universitetimizning А.Oripov nomidagi stipendiya sohiblari SXTE va B fakulteti 2-bosqich talabasi Fayzullaev Bekzod va QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi Toʼqsonov Jasurbeklar oʼz ijodidan namunalar oʼqidi. 
Har birimiz bilim bulogʼi boʼlgan kitobni sevish, mutolaa uchun uni tanlay olish va koʼz qorachigʼidek asrashni burchimiz deb bilishimiz shart!