“Imkoniyati cheklangan talabalarga e’tibor”
“Imkoniyati cheklangan talabalarga e’tibor”
2022-2023 o‘quv yilida Iqtisodiyot fakultetida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan Nogiron talabalar 33 nafarni tashkil etadi.
Fakultet dekani R.Xakimov boshchiligida imkoniyati cheklangan talabalarni ta’lim olishlari hamda darslardan bo‘sh vaqtlarida kafedralar kesimida fan to‘garaklariga hamda fakultetda tashkil etilgan klublarga jalb etilib kelinmoqda. Iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Hisobchi auditor” to‘garagiga 10 nafar imkoniyati cheklangan talabalar biriktirilib kafedra mudiri A.Axmedov boshchiligida ushbu talabalarga Buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari va konsultatsiyalar o‘tkazilib kelinmoqda. Shuningdek, “Iqtisodiyot” kafedrasi qoshidagi “Yosh iqtisodchilar” fan to‘garagiga imkoniyati cheklangan 12nafari biriktirilib, kafedra mudiri B.Sultonov boshchiligida hamda kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu talabalarni darslarni o‘zlashtirishi, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazilib kelinmoqda. Bundan tashqari imkoniyati cheklangan nogiron talabalarga ilmiy-ijodiy izlanishlar bo‘yicha maqolalar yozish va ustoz-shogird an’analari bo‘yicha keng ko‘lamli sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bundan tashqari 10 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan talabalarimizni fakultetimizda tashkil etilgan “Zakovat”, “Abdulla Oripov izdoshlari”, “Liderlar” hamda “Qizlarjon” klublariga jalb etib ular bilan yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlar va mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Bunda bu talabalar o‘z iqtidor va imkoniyatlarini ro‘yobga chaqarishmoqda.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati