Ilmiy-amaliy hamkorlik-bugunning talabidir.

Hozirgi ilm-fan taraqqiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir pallada yirik ilm dargohlarining o`zaro ilm-fan, madaniy-ma’rifiy shu bilan bir qatorda zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda ulardan foydalanish shu bilan bir qatorda  erishilgan yuqri natijalarni amaliyotda qo`llash, o`zaro integratsiyalashish zamonning talabai bo`lib qolmoqda.

Shu munosabat bilan 20.01.2023 sanada B-bino “Agrobank” auditoriyasida “TIQXMMI”-MTU  “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti hamda Toshkent davlat transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti bilan ilm-fan, fakultet kafedralari o`rtasida ilmiy hamkorlik shu bilan bir qatorda o`zaro tajriba almashish, ilmiy jabhada erishilayotgan yutuqlar, tajribalar almashish bo`yicha hamkorlik uchrashuvi bo`lib o`tdi.

 

 

Ushbu uchrashuvda “SXTE va B” fakulteti dekani R.Xakimov so`z boshlab mehmonlarning tashrifidan, yo`lga qo`yilayotgan ilmiy hamkorlik uchun Transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani va boshqa mehmonlarga o`z minnatdorchiligini izhor etdi.

 O`z o`rnida Transport universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani M.Masharipov ushbu amalga oshirilayotgan ilmiy hamkorlik ikki universitet uchun kelajakda yuqori marralarni egallashda muhim bir debocha bo`lishi ta’kidlab Transport universiteti rahbariyati ushbu hamkorlik uchun tayyor ekanligini mamnuniyat bilan bildirdi.

“TIQXMMI”-MTU matbuot xizmati

Ma’lumot beruvchi “SXTE va B” fakulteti dekani o`rinbosari I.Xolbutayev