III kurs talabalari guruh raxbari bilan politexnika muzeyiga tashrif buyurdilar

"Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedrasi assistenti Ibrohim Israilov rahbarligida "SXTEB" fakulteti “EAMM” yo‘nalishi 3-kurs 309-guruh talabalari Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi. 
Bu muzey transport rivojlanishi tarixi, fan va texnika yutuqlari va buyuk olimlarning ixtirolariga bag‘ishlangan bo‘lib, bularning barchasi tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdishi tabiiy. 
Bu tashrif orqali talabalarimiz jahon va O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi va yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa talabalarimizda g‘urur va iftihor tuyg‘ularini jo‘sh urdirgan bo‘lsa ajabmas.