I kurslar Muzeyga tashrif
“Muzeyga tashrif”
2022 yilning 28 oktyabr kuni SXTE va B fakulteti tyutorlari M.Vafoyeva va I.Xudoybergenova boshchiligida 101-102-guruh talabalaridan 48 nafari “Tamaraxonim uy muzeyi”iga borishdi. Muzey ilmiy rahbari Shaxloxonim tomonidan Tamaraxonimning hayoti va ijodi to’g’risida tanishtirildi. Shaxloxonim Tamaraxonimning serqirra inson-qoʻshiqchi va raqqosa, baletmeyster, oʻzbek professional raqsi asoschilaridan biri ekanligi haqida, 1941-1945-yillardagi mehnatlari to’g’risida umrining so’ngi yillarida Toshkent shahrida o’zi yashagan koʻchaga Tamaraxonim nomi berilganligi, uyi esa vafotidan 3 yil o’tib “Tamaraxonim uy muzeyi”ga aylantirilganligi haqida gapirdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Muzeydagi turli millat liboslari to‘plami mavjudligi, slavyan kiyimlari, xitoylik va boshqa Osiyo kostyumlar, hatto Ruminiya liboslari talabalarni hayratga soldi.
SXTE va B tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati