Faxrli talaba

SXTEB fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi 1 kurs 3 guruh talabasi Mirodilov Mirsaid Shuxrat o’g’li ham ta’lim, ham sport sohalarini birdek olib borayotgan namunali talabalardan hisoblanadi. M. Mirodilov fevral oyida ingliz tilidan bo’lib o’tgan “Speaking competition” musobaqasida faxrli 1-o’rinni egallagan, bir qancha sport musobaqalarida MUAY-TAY sport turi bo’yicha ko'pgina sovrinlarni qo’lga kiritib keladi. Shunday g’alabalardan yana biri bo’lib, 2003-2004- yilda tug’ilgan yoshlar o’rtasida 14-15 may kunlari Yangiyo’l shahar B.O’.S.M. ochiq chempionataida 71 kg vazin toifasida faxrli 2-o’rinni egalladi. Bunday yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarimizni biz qolgan talabalarga ham namuna qilib ko’rsatish, ularda ham turli o’zlari qiziqgan sohalarda g’alaba tomon intilishga harakat uyg’otishiga ishonchimiz komil.

 

Suv xo`jaliginin tashkil etish va boshqarish fakulteti tyutori H.Valiyeva ma`lumoti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati