Boqiysan, iftixorimsan ONA TILIM”

Joriy yilning 21 oktyabr` kuni TIQXMMI MTU Madaniyat saroyida O'zbek tiliga Davlat tili

maqomi berilganiga 33 yil to'lishi munosabati bilan “Boqiysan, iftixorimsan ONA TILIM”

mavzusida  tantanali ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram tadbirini Suv

xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti moderatorligida, SXTE va B fakulteti xotin-

qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi R.Qodirova tashkilotchiligida  tashkil etildi. Tadbirni

TIQXMMI MTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Q.Choriev ochib berib, kirish so'zida bugungi kunda mamlakatimizda ona tilimizga bo'lgan e'tibor, tilning

ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi haqida

ta'kidlab, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi shoir Bobur Bobomurod o'z tabriklari sifatida kuyga solingan go'zal she'rlari bilan ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi qoshidagi “Lal Baxadur

Shastri” nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Janob Sitesh  Kumar va uning jamoasi

tashrif buyurib,  tabrik so'zlari va jamoa a'zolarining go'zal raqslari bilan tadbirga fayz

kiritdi.

Navbatdagi mehmonlar - Turkmaniston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi

elchixonasi qoshidagi Turkmaniston madaniyat markazi direktori Avezdurdieva Guldanaxonim

o'zining tabrigi, shuningdek,   Toshkent transport universitetining raqs jamoasi turkmancha

raqsi bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda Afg'oniston Islom Respublikasidan shoira Ra'na Shirzod xonim o'zbek tilida yozgan

go'zal she'rlari bilan ishtirok etdi.

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatri iste`dodli ijodkorlari Muzaffar

Xamidov, Inobat Umirova va teatr balet artistlari jamoasi o'zlarining sho'x ashulalari va

jozibali raqslari bilan tadbir qatnashchilarini ham raqsga chorladi.

Shuningdek, SXTE va B fakulteti faol va iqtidorli talabalari g'azalxonlik, sahna ko'rinishlari

va go'zal raqslari bilan tadbir fayzli o'tdi.

SXTE va B fakulteti t`yutori M.Vafoeva axboroti