Muzeylar va tarixiy qadamjolarga tashrif

Rektorimizning 2019 yil 2 maydagi 417/a/f-sonli buyrug‘iga asosan, “9-may - Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturiga” binoan, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev, guruh murabbiylari R.Qodirova, F.Umarova, S.Mavlonov va A.Shermuhammedovlar hamda fakultet talabalari shahrimizdagi tarixiy qadamjolar, muzeylar va “Motamsaro ona” monumentlariga tashrif uyushtirishdi. Bundan talabalarda katta taassurot va tarixiy xotiraga bo‘lgan hurmat uyg‘ondi.

“SXTE va B” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov