5 muhim tashabbusning 3 tashabbusi bo'lmish "Ichki turizmni rivojlantirish"
5 muhim tashabbusning 3 tashabbusi bo'lmish "Ichki turizmni rivojlantirish" qismiga asosan SXTEB fakultetining 106 guruh BXA yo'nalishi talabalari bilan fakultet tyutori Valiyeva H. boshchiligida tabiatqo'yniga ekskursiya tashkil etildi. Prezidentimizning Ichki turizmni rivojlantirishga oid qarorlarida keltirilgan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" dasturini shior qilib olgan holda talabalarni Toshkent viloyatining so'lim go'shalaridan biri bo'lgan Xojikent turistik hududiga olib borildi. Shu jumladan ekskursiya davomida mamalakatimizda turizmga oid olib borilayotgan siyosat yuzasidan suhbatlar olib borildi. Talabalar nafaqat tog'ning toza havosidan bahramand bo'lishdi, balki o'zlaridagi chidamkorlik, pazandalik, uddaburonlik qobiliyatlarini yana bir bor tabiat bag'rida sinovdan o'tkazishdi. Uyushtirilgan bu sayohat talabalarga birdek ma'qul bo'ldi, keyingi safar yanada so'lim va ajdodlarimizni yod etadigan go'shalarga uyushtirilishi yuzasidan talab, takliflar yangradi. Safarni "Tabiatni asra" deb nomladik