Yuksak marra sari

Bilimning kengayishi, bilganlaringizning mustahkamlanishi intellektual musobaqalar bilan belgilanadi. Bilimning onasi takrorlashdir. Bu esa gʻoliblik gashtini surish uchun kitob mutolaasiga kirishishni talab etadi. 2018 yil 22 dekabr kuni “Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlarini darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida fakultet dekanati hamda “Yoshlar ittifoqi” fakultet kengashi hamkorligida tashkil etilgan 2018-2019 - oʻquv yili boshidan start olgan “Zakovat” ligasi oʻyinlarining final bosqichi oʻtkazildi. Zakovat oʻyini bahslarida fakultetning 9 ta jamoasi ishtirok etdi. Final oʻyinida 1-oʻrinni “Genius” jamoasi qoʻlga kiritdi, 2-oʻrinni “Javob” jamoasi hamda 3-oʻrinni “Auditor” ishgʻol etdi. Zakovat oʻyinlarida faol ishtirok etgan jamoalar tashakkurnomalar va qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi. Birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoaga planshet taqdim etildi.

“SXTE va B” fakulteti dekani oʻrinbosari J.Turdiyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov