2023- yilda O'zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga soliq solish va bojxona imtiyozlarini qo`llash tartibiga kiritilayotgan o`zgartirishlar haqida

2023-yil 11-fevral kuni Iqtisodiyot fakulteti Turonbank auditoriyasida malakatimnizda soliq tizimi bu yildan boshlab soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risida seminar tashkil etildi. Mazkur ma'ruza-seminar "Soliq tizimida yuridik va jismoniy shaxslarga solinadigan soliqlar, mavjud o`zgarishlar shuningdek bojxona imtiyozlarini qo`llash tartibiga kiritilayotgan o`zgartirishlar" mavzusida Turonbank ATB Buxgalteriya hisobi departamenti bosh buxgalteri o`rinbosari Kirgizboyev Salimjon Saloxiddinovich tomonidan olib borildi. Ushbu seminarda talabalar o`zlarini qiziqtirgan soliq tizimi undagi o`zgartirishlarga oid savollar bilan faol ishtirok etishdi. 

 

 

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati.

Iqtisodiyot fakulteti dekani o`rinbosari I.Xolbutayev ma'lumoti.