Sport-barkamollik garovi!
2020 yil 12 dekabr kuni “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talaba yoshlari uchun fakultet dekanati hamda Yoshlar kengashi bilan birgalikda 5-tashabbus doirasida Sportning “Voleybol”, “Shaxmat-shashka”, “Stol tennisi” va “Armvrestling” turlari bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi. Sport tadbirida talaba yoshlar faol ishtirok etishib, o‘zlarining kuch va mahoratlarini namoyish etishdi. Musoboqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar asnosida bo‘lib o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati