Bahor kelar uni soʻroqlab

“SXTE va B” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 1-mart kuni Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi taniqli jamoat arbobi xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova tavalludining 104 yilligiga bagʻishlab “Muhabbat va hayot kuychisi” mavzusida mushoira kechasi boʻlib oʻtdi. Mushoira kechasida “Dugonalar” jurnalini bosh muharriri Guljamol Asqarova va havaskor shoiralarimiz qatnashdilar. Shu bilan bir qatorda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Iktidorli bolalar Akademik Litseyi oʻquvchisi Laminova Tursunoy milliy cholgʻu anjomlarimiz dutorda ijro etilgan kuy - qoʻshiqlari mushoira kechamizga oʻzgacha shukuh bagʻishlab talaba qizlarimiz tomonidan sheʼr va qoʻshiqlar bilan uygʻunlashib ketdi. Mushoira kecha soʻngida mehmonlarimiz dekanatimiz va xotin- qizlar kengashi tomonidan tayyorlangan sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Mushoira kechasi juda qizgʻin koʻtarinki kafiyatda oʻtdi.

“SXTE va B” fakultet dekanati va xotin - qizlar kengashi maʼlumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov