Hamkorlar

"Tillar" kafedrasi bilan Moliya instituti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnoma asosida ilmiy hamkorlikda ishlar olib boriladi. Kafedrada bir necha yillar davomida “Rossotrudnichestvo” va “Roszarubejsentr” bilan rus tilini o‘qitish metodikasi, ilmiy va ma’naviy- ma’rifiy hamda madaniy ishlar bo‘yicha ish olib borilyapti. Nemis va fransuz tili o‘qituvchilari bilan TXTI ning o‘qituvchilari o‘rtasida hamqorlikda ish olib borish uchun shartnoma tuzilgan va hozirgi kunda samarali ishlar olib borilmoqda. O‘zDJTUning rus tili filologiyasi fakultetining “Russkogo yazÑ‹koznaniya” kafedrasi va O‘zDJTUning tarjimonlik fakulteti “Nemis va roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedralari bilan zamonaviy o‘qitish, til o‘rgatish usullari bo‘yicha tajriba almashish, o‘rganish, o‘quv jarayonlarida qo‘llash, tajriba o‘rganish kabi ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent Iqtisodiyot va biznes kasb xunar kollej ushbu o‘quv yilidan boshlab xamkorlik qilib kelmoqda, hamkorlik aloqalarini takomillashtirish bo‘yicha dasturlar mavjud va tasdiklangan.