"Besh muhim tashabbus" doirasida ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan, 2022-yil 1-mart kuni SXTE va B fakulteti tyutori I.Xolbutayev tomonida BH va A yo'nalishi 206-207-guruh talabalarini bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni ta'minlash maqsadida Universitet sport majmuasida sportning "Mini futbol" turi bo'yicha o'yin tashkil qilindi. Futbol o'ta murosasiz tarzda o'tdi. Talabalar tomonidan kelgusida mana shunday sport o`yinlarini yanada ko`proq tashkil etish to`g`risida ko`plab tashabbus-takliflar o`rtaga tashlandi.