Iqtisodiy farovonlik garovi

Iqtisodiy farovonlik garovi

2022 yil 5 noyabr` kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash instituti” 
milliy tadqiqot universiteti “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakul`tetida ATB 
“Turonbank” xodimining ishtirokidagi navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda “Turonbank” 
ATB Chakana xizmatlar ko'rsatish Departamenti direktori o'rinbosari Eldor Vaxabov taqdimot 
qildi. 
Seminarda bugungi kunda bank moliya tizimi oldiga qo'yilgan vazifalar, jumladan banklar 
faoliyatini, ular ko'rsatayotgan xizmatlar tizimini raqamlashtirish, yangi bank maqsulotlarini, 
xizmat turlarini  amaliyotga joriy etilishi borasida ma'lumotlar berildi. 
Seminar qiziqarli o'tdi, unda seminar ishtirokchilari fakul`tet talabalari hamda professor o'qituvchilar tomonidan bank xodimiga savollar berishdi va tegishli javoblar olishdi.