Ingliz tili

“Ingliz tili” kafedrasi mudiri 

Begov Fayzullo Raxmatulloyevich

Tel.:+99871 237 06 18

E-mail: f.begov@tiiame.uz

 

 


“Ingliz tili” kafedrasi “O‘zbek tili va chet tillar” kafedrasi tarkibidan 2013 yilning dekabr oyi oxirida ajralib chiqdi va 2014 yilning yanvar oyidan boshlab mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Avvalgi kafedra tarkibida ingliz tili bilan birga nemis, fransuz, o‘zbek va rus tillari ham mavjud edi. Kafedrada 1 ta o‘rindosh professor 1 ta dotsent, 4 katta o‘qituvchi, 26 nafar o‘qituvchilar hamda 1 nafar kabinet mudiri mehnat qilmoqda. 2014-2018 o‘quv yillariga mo‘ljallangan ingliz tili kafedrasi proofessor-o‘qituvchilari “Ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarda kommunikativ xabardorlikni shakllantirish” mavzusi ustida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib 1 ta monografiya e’lon kilishdi. Xozirgi kunda  2018-2023 o‘quv yillariga mo‘ljallangan ITI mavzusi “Ingliz tili o‘qitish jarayonida talabalarda kognitiv motivatsiyani shakllantirishda innovatsion yondashuv shakl va metodlari” ustida ingliz tili kafedrasi proofessor-o‘qituvchilari ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Kafedra o‘qituvchilari o‘quv jarayoni va institut faoliyatida faol ishtirok etmoqdalar. 10 nafar o‘qituvchi o‘quv guruhlariga murabbiylar sifatida biriktirilganlar. “Ingliz tili” kafedrasi o‘qituvchilari har yili iqtidorli talabalarni fanlar Olimpiadasiga tayyorlashda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Kundan kunga chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortib borishini hisobga olgan holda kafedrada o‘qituvchilari tomonidan ingliz tili o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘qitish va o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi  2012 yil dekabrdagi  oyidagi PQ-1875-sonli qaroridan kelib chiqqan holda nofilologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tili o‘rgatish samaradorligi oshirish, talabalarda ingliz tili o‘rgatish motivatsiyasi oshirish, qiziqtirish, ingliz tili o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim berish usullarini takomillashtirish va ulardan kengroq foydalanishga erishish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga erishishning optimal yo‘llari tanlanadi va ilmiy asoslanadi. Bu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy va madaniy sohalarda ingliz tilidagi dialogik nutqni bemalol qo‘llana olishlari imkoniyati yaratiladi. Ingliz tili o‘rgatishning asosiy uslublaridan biri talabalarda kommunikativlikni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llanishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining global bozor iqtisodiyoti tizimiga tobora chuqurroq kirib borayotganligi natijasida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayib borayotir. Shu bilan birga ularda ingliz tilini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, chet tilini o‘rgatish sifatini oshirishga qaratilgandir. Xalqaro hamkorlik doirasida iqtisodiy investitsiyalarni O‘zbekiston suv xo‘jaligi tizimlariga samarali jalb qilish masalasi ingliz tilini puxta bilgan mutaxassislarga bo‘lgan talab asosida ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari belgilab olindi. Shu maqsadlarni nazarda tutib “Ingliz tili” kafedrasining faoliyat ko‘rsatishi muhimdir.

Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar