O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

Bakalavriat

1.

Biznes rejalashtirish

Biznes-rejalashtirish, rejalashtirish texnologiyasining zamonaviy uslublari va amaliyotini o‘rganish; biznes-rejaning tuzilmasi va mazmunini belgilash; biznes-reja bo‘limlarining rejalashtirish uslublarini o‘rganish; biznes-rejani ilgari surish mexanizmini o‘rganish; biznes-rejaning samaradorligini baholash uslubiyatini o‘rganish.

2.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati tahlili

Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati, ularning asosiy vazifalari, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilish metodikasi o‘rgatiladi

3.

Suv xo‘jaligi qurilishi iqtisodiyoti

Qishloq va suv xo‘jaligi uchun ob’ektlar qurish, ularning iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarish faoliyatini biznes rejasi, loyiha smeta hujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o‘tkazish, iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari o‘rgatiladi

4.

Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (KXMTTS yo‘nalishiga)

Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi

5.

Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (KXM yo‘nalishiga)

Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi

6.

Atrof muhit resurslar iqtisodiyoti

Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi, resurslardan oqilona va kompleks ravishda foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal etish, tabiatni muhofaza qilish xarajatlarining samaradorligi, yetkazilgan zararni baholash yo‘llari o‘rgatiladi

7.

Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti (SXM yo‘nalishiga)

Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi

8.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (SXTEB yo‘nalishiga)

Qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, faoliyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda qishloq xo‘jaligining tashkiliy, huquqiy va ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi

9.

Innovatsion iqtisodiyot

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishdagi roli, innovatsion rivojlanishini belgilovchi omillari, innovatsion faoliyatni boshqarishning muxim muammolari, sanoat korxonalarida ilmiy loyixalarning moxiyati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi.

10.

Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti (SXTEB yo‘nalishiga)

Suv xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, suv xo‘jaligi tashkilotlari iqtisodiyoti, sug‘orma dehqonchilikdagi muammolar va ularni kelib chiqish sabablari, yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rgatiladi

11.

Loyiha  tahlili

Loyihalarning turlari, texnik iqtisodiy asoslash, biznes reja, investitsion jarayonlarning qatnashchilari, investitsion loyihalarni baholashning asoslari va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rgatiladi

12.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (Iqtisodiyot yo‘nalishiga)

Qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, faoliyati, uni rivojlantirish yo‘llari hamda qishloq xo‘jaligining tashkiliy, huquqiy va ishlab chiqarish asoslari o‘rgatiladi

13.

Iqtisodiyot va menejment

Suv va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, bozor munosabatlariga o‘tish davrida ular faoliyatini fan va texnika yutuqlari asosida boshqarishni tashkil etish o‘rgatiladi

14.

Agrosanoat majmui iqtisodiyoti

ASMning tarkibi, sohalar ishlab chiqarishning bir-biriga uzviy bog‘lanishi, tarmoq va korxonalar o‘rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari o‘rgatiladi

15.

Kichik biznes va tadbirkorlik

Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli o‘rgatiladi

16.

Xorijiy investitsiyalar

Xorijiy investitsiyalarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati, investitsiya siyosatini yuritishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning roli, xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi, xorijiy sarmoyadorlarga yaratilgan me’yoriy-huquqiy shart-sharoitlar, investitsiya faoliyatini tartibga solish yo‘llari o‘rgatiladi

17.

Ko‘chmas mulk investitsion nazariyasi va tahlili

Ko‘chmas mulk bozorida investitsiya imkoniyatlarini baholash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarini egallash, ko‘chmas mulk ob’ekti investitsiya jozibadorligini moliyaviy matematik tahlilining zamonaviy usullaridan foydalanish, dunyo amaliyotida qo‘llanilayotgan vosita (instrument)larini o‘rgatadi.

18.

Korxona iqtisodiyoti

Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o‘rni va roli, uning funksiyalari, vazifalari, tasnifi, tuzilmasi va uni belgilovchi omillar hamda korxonalar to‘g‘risidagi qonunchilikning takomillashuvi o‘rgatiladi

19.

Jahon qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

Jahon qishloq xo‘jaligi, uning iqtisodi, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarishning asosiy omillari bo‘lgan yer, suv va mehnat resurslari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlangan, rivojlanayotgan davlatlar miqyosida o‘rgatiladi

20.

Iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jaxon xo‘jaligiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, xozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun-qoidalariga, moliya, kredit, bank va pul tizimining roli masalalari o‘rgatiladi

21.

Mikroiqtisodiyot

Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi xatti-xarakati, turli bozorlarda narx belgilash, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish bilan bog‘liq masalalar taxlil qilinadi.

22.

Makroiqtisodiyot

bozor xo‘jaligi umumiy nazariyasining bo‘limi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xo‘jalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlar o‘rgatiladi.

Sirtqi

23.

Innovatsion iqtisodiyot

Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishdagi roli, innovatsion rivojlanishini belgilovchi omillari, innovatsion faoliyatni boshqarishning muxim muammolari, sanoat korxonalarida ilmiy loyixalarning moxiyati va ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi.

24.

Ilmiy tadqiqot asoslari

Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi va metodlari, ilmiy izlanishni amaliy tashkil etish asoslari, tadqiqot natijalarini tahlil etish va umumlashtirish bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi.

25.

Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti

Suv xo‘jaligining iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari, suv xo‘jaligi tashkilotlari iqtisodiyoti, sug‘orma dehqonchilikdagi muammolar va ularni kelib chiqish sabablari, yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rgatiladi

26.

Loyiha  tahlili

Loyihalarning turlari, texnik iqtisodiy asoslash, biznes reja, investitsion jarayonlarning qatnashchilari, investitsion loyihalarni baholashning asoslari va uning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rgatiladi

27.

Biznes rejalashtirish

Biznes-rejalashtirish, rejalashtirish texnologiyasining zamonaviy uslublari va amaliyotini o‘rganish; biznes-rejaning tuzilmasi va mazmunini belgilash; biznes-reja bo‘limlarining rejalashtirish uslublarini o‘rganish; biznes-rejani ilgari surish mexanizmini o‘rganish; biznes-rejaning samaradorligini baholash uslubiyatini o‘rganish.

28.

Lizing asoslari

Lizing rivojlanishining afzalliklari, axamiyati va samaradorligi, turlari, soliqqa tortish masalalari, tashkiliy va boshqarish shakllari, lizing munosabatlarni respublikada rivojlanish xolati va shu kabi dolzarb muammolar o‘rgatiladi.

29.

Suv xo‘jaligi qurilishi iqtisodiyoti

Qishloq va suv xo‘jaligi uchun ob’ektlar qurish, ularning iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarish faoliyatini biznes rejasi, loyiha smeta hujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o‘tkazish, iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari o‘rgatiladi

30.

Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati tahlili

Suv xo‘jaligi tashkilotlari faoliyati, ularning asosiy vazifalari, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilish metodikasi o‘rgatiladi

31.

Biznes korxonalari iqtisodiyoti

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tarmoqlar va korxonalar faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar doirasida tegishli tahlillar amalga oshirilgan holda real sektor tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini konseptual asoslari o‘rgatiladi.

32.

Raqobat nazariyasi

Zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo‘llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishi; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish yo‘nalishlari va ularning oqibatlari; mehnat, kapital va yer bozorining ishlash mexanizmini o‘rgatadi.

33.

Mehnat iqtisodiyoti

Mehnat iqtisodiyoti ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi iqtisodiy qonunlarni o‘rganishni, mehnatni tashkil etishni, mehnat bozorini, mehnat resurslarini, aholini ish bilan band etishning yangi va zamonaviy usullarini, ishsizlik muammolari ularning sabab va yechimlarini, xodimlarni mehnat qilishga undovchi omillar samaradorligini tadqiq etish kabi zamonaviy iqtisodga oid masalalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan.

34.

Resurslar iqtisodiyoti

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida resurslarnn barqaror boshqarishning nazariy asoslari. Resurslar cheklanganligi va iqtisodiyotning bosh muammosi. Tabiiy resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish mexanizmlari. Yer-suv resurslaridan samarali foydalanish. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or texnologiyalar ulardan samarali foydalanish. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi. Biologik resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish. Mineral xom-ashyo resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik-iktisodiy xususiyatlari va yo‘nalishlari. Atrof-muhntning ifloslanishi va uni baholash. Tugaydigan va kayta tiklanadigan resurslarni joylashtirish samaradorligi. Investitsiya va kapital qo‘yilmalar, ularning samaradorligini oshirish. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi va uning rivojlanishi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. Resurslardan samarali foydalanishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish. Qishloq va suv xo‘jaligi resurslaridan foydalanishni innovatsion rivojlantirish. Qishloq xo‘jaligida xarajatlar-foyda tahlili.

35.

Institutsional iqtisodiyot

Talabalarga iqtisodiyotda institutlar tizimi rivojlanishi, mulk huquqlari, ular shakllari faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; davlat va uy xo‘jaligi kabi institutlarni bilish; turli iqtisodiy vaziyatlarni matematik modellar yordamida, jumladan, o‘yinlar nazariyasi orqali tahlil qilish va o‘zaro hamkorlikni modellashtirishni amalga oshirish yo‘llarini; shartnomalar nazariyasini va amaliyotini bozor sub’ektlari orqali tahlil qilishni amalga oshirishni; institutsional islohotlarni tahlil qilishni; talabalarda institutsional iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlari bo‘yicha xulosalar chiqarishdan iborat.

36.

Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash

Loyihalarning iqtisodiy mazmuni va ularni tahlil qilish bilan bog‘liq masalalarning nazariy hamda amaliy tomonlarini o‘rganishda “Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyotida investitsion loyihalarning qanday shakllanishi va samarali ishlashi mexanizmlarini o‘rgatadi.

37.

Mintaqaviy iqtisodiyot

Mintaqaviy iktisodiyot tushunchasi mohiyatini, turli

mintaqalarning geografik o‘rni, tabiiy sharoitini, resurslarning ixtisoslashuvdagi farqli va o‘xshash tomonlarini aniqlab, ularning xususiyatlarini tahlil qilishga o‘rgatish, mamlakat hududi va uning mintaqalarini tabiiy-resurslar salohiyatini, rivojlanish darajasini tahli qilish, yetakchi tarmoqlar joylashuvi haqida tushuncha berish, har bir mintaqannng tabiiy, iqtisodiy, demografik, ekologik va boshqa xususiyatlarini xisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hududlar ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatidan mukammal foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar bajarish. Mintaqada innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda, hududlarni kompleks rivojlanish tendensiyalarini baholashni tashkiliy jarayonlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish hamda muammolarga amaliy yechim bilan takliflar berish

38.

Investitsiyalarni baholash

Talabalarda baxolash faoliyatining fundamental va metodologik asoslari, regulyativ modellari, ob’ektlari bulmish turli mulk va uning bozorlari, baxolash xizmatlari bozori, bu bozorlardagi munosabatlar xamda baxolash institutlarini tashkil etish va boshkarish, ular faoliyatini amalga oshirish va tartibga solish buyicha tizimlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy kunikma va malaka shakllantirishdan iborat.

Magistratura+xalqaro

1.

Iqtisodiy tadqiqotlar metodikasi

Tadqiqotning tashkiliy va metodik asoslari. Ilmiy tadqiqotda metod va metodologiya muammolari. Iqtisodiy metodologiya iqtisodiy tadqiqotlarning yo‘nalishi sifatida. Iqtisodiy tadqiqot metodlari tasnifi. Dialektik materializm tamoyillaridan iqtisodiy jarayonlarda umumiy bilish metodi sifatida foydalanish. Tadqiqotning statistik-iqtisodiy metodi. Tadqiqotning abstrakt-mantiqiy metodi. Tadqiqotning monografik metodi. Tadqiqotning balans metodi. Tadqiqotning eksperiment metodi. Funksional-qiymat metodi. Maqsadli dasturlar ishlab chiqish metodi. Tadqiqotning hisob-konstruktiv metodi. Tadqiqotning sotsiologik metodi. Ekspert metodi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish. Yangi bilim va fan va texnika yutuqlaridan foydalanish samaradorligi.

2.

Agromarketing

Bugungi kundagi iqtisodiyot tarmog‘ining tubdan o‘zgartirish, uni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, islohatlarni davom ettirish va chuqurlashtirish sharoitida agromarketingni boshqarish sohasidagi andozalarni mamlakatimiz ta’lim tizimida qo‘llash bo‘yicha ishlarni olib borish hozirgi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib hisoblanadi.

“Agromarketing” fani qishloq xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish korxonalar iqtisodiy faoliyatini unumli olib borishlari uchun ularning bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish , narx, tovar, sotish, kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish yo‘llarini nazariy va amaliy tomonlarini o‘rgatadi.

3.

Innovatsion faoliyatni tashkil etish

Innovatsion faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati. Qishloq xo‘jaligida innovatsion rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati. Innovatsion tadbirkorlik – tarmoq samaradorligini oshirish omili. ASMda innovatsiya loyihalari va innovatsiyalar bozorining shakllanishi va innovatsiya samaradorligini baholash uslubiyati. ASMda innovatsiya faoliyati va jarayonini boshqarish asoslari. Innovatsiyalarni o‘zlashtirish istiqbollari va axborot markazlarining roli. ASMda innovatsion faoliyatning ustivor yo‘nalishlari.

4.

Suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari iqtisodiyoti

“Suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlari iqtisodiyoti” fani magistrlarning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida sug‘orma dexqonchilikning suv ta’minotini yaxshilashda suv xo‘jalik qurilishiining o‘rni va roli, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash masalalarida talab qilingan ko‘nikmalarini hamda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

5.

Raqamli iqtisodiyot (ingliz)

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga raqamli iqtisodiyotning biznes va  ijtimoiy sohadagi o‘rni va ahamiyatini o‘rgatish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, biznes modellari, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish, blokcheyn texnologiyalarning moxiyatini anglab yetish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatishdan iboratdir.

6.

Mikroekonomika (ingliz)

The aim of the course is to teach students both theoretical and practical aspects of functioning and development of modern market economy, as well as the formation of knowledge, skills and abilities related to the profile profile of market entities to study economic activity in different market structures.

The purpose of the subject is to study the main problem of the market economy and its solution; study of supply and demand, and their influencing factors; study of market balance, maximum and minimum prices, elasticity of supply and demand and directions for their practical use; study of consumer choice, consumer behavior in market and its influencing factors; study of production and production factors, their optimal use, analysis of production costs; studying the behavior of firms in competing and non-competitive market structures and the factors influencing their operations, the effects of the economic policy of the state; to teach the principles of monopoly power, indicators of monopoly power and pricing in monopoly conditions.

7.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (xalqaro)

Course of "Agriculture economics" helps students to improve their economic analytical thinking, to use basic economic laws and their implementations in agriculture. 

Requirements for students' knowledge, skills and abilities are set out below. Student:

-           should have understanding about the role of the agriculture in the economy of Uzbekistan, its current tendencies and development of agriculture sector;

-           know and use the content of the regulatory legal acts regulating the sector, basic concepts of the agricultural economics, the criteria for evaluating category and economic situation;

-           The student should have the ability to analyze and and solve socio-economic problems in agriculture, analyze and evaluate the economic situations of agriculture.

8.

Tadqiqot usullari

Tadqiqot olib borish faktlar to‘plashdan boshlanadi, ular o‘rganiladi va sistemalashtiriladi, umumlashtiriladi, ma’lum bo‘lganlarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi ilmiy bilimlar mantiqiy tuzilgan sistemalarini yaratish uchun ayrim qonuniyatlarni ochishdan iborat bo‘ladi. Fan masalalarni hal qilish omili bo‘lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq ob’ektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va hokazolar hisoblanadi. Bular ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridir. Umumiy usullar uch guruhga bo‘linadi: empirik tadqiqot usullari (kuzatish, qiyoslash, o‘lchash, eksperiment); nazariy tadqiqot usullari (mavhumdan aniqlikka tomon borish va b.); empirik va nazariy tadqiqot usullari (tahlil va sintezlash, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash) kabi asosiy tushunchalarni o‘rgatadi.

9.

Ekotizimlar va resurslaridan barqaror foydalanish

Kelajak avlodlar hayoti uchun qulay sharoit yaratishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ekologik siyosati yangi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, qo‘riqxonalarni, milliy bog‘larni, biosfera rezervatlarini yaratish jarayonlari bilan tanishish, muammolarni tahlil qilish. Biologik xilma-xillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish sohasida tashqi investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro moliyaviy manbalardan foydalanish masalalarini o‘rganish, bioxilmaxillikni saqlash masalalari bo‘yicha bir qator xalqaro moliya institutlari va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik jarayonlarini o‘rganish va baholash, nazariy va amaliy tushunchalar hosil qilish.

10.

Institutsional  iqtisodiyot

Milliy iqtisodiyotning institutsional tarkibi, muhiti, institutlar va normalarini ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Kurs institutsional iqtisodiyotning mohiyati haqidagi bilimlarni shakllantirish, institutsional tahlil va institutlar o‘zgarishlarining nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

11.

Resurslar iqtisodiyoti

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslar va tabiiy sharoitlardan oqilona foydalanishga imkon beradigan nazariy bilimlarni talabalarga berish va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Kamyob resurslar sharoitida mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularni barkaror boshqarish, asrash va muhofaza kilishga ta’siri xususiyatlarini o‘rganish, ekologik-iqtisodiy xo‘jalik yuritish uslublari va boshqaruv tizimlari, tabiatni tiklash, muhofaza qilish va istiqbollashda xalqaro hamkorlik sohasidagi bilimlarni berishdir.

12.

Biznes iqtisodiyoti

Talabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes korxonalarni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishdagi va milliy iqtisodiyotni ko‘tarishdagi rolini va o‘rnini aniqlash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.

13.

Raqamli qishloq xo‘jaligi

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga qishloq xo‘jaligi soxasida raqamli iqtisodiyotning biznes va  ijtimoiy sohadagi o‘rni va ahamiyatini o‘rgatish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, biznes modellari, elektron tijorat, blokcheyn texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

Fanning vazifasi - talabalarga raqamli qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini tashkil etish, blokcheyn texnologiyalarning moxiyatini anglab yetish, global axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligi muammolarini aniqlash, elektron biznes jarayonlarini samarali tashkil etish, elektron tijorat modellaridan samarali foydalanish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilishni o‘rgatishdan iboratdir.

14.

Suv xo‘jaligi huquqi

Suv xo‘jaligida huquqiy munosabatlar sohasidagi asosiy nazariy konsepsiyalar va dolzarb amaliy masalalarni o‘rganish hamda huquqiy munosabatlarni tashkil etish bo‘yicha bilimlarni shakllantirish hisoblanadi.

15.

Makroiqtisodiy rejalashtirish va programmalashtirish

“Makroiqtisodiy rejalashtirish va prognozlashtirish” fani talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish vazifalarini bajaradi.

16.

Qishloq va suv xo‘jaligida davlat-xususiy sherikchiligi

Davlat-xususiy sheriklik tushunchasi va mamlakat iqtisodiyotidagi roli. Davlat-xususiy sheriklik me’yoriy-huquqiy jihatlari. Davlat-xususiy sheriklik nazariyasi va jahon amaliyoti. Davlat-xususiy sheriklik: modellari, shakllari va amalga oshirish mexanizmlari. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish.  Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik loyihalari samaradorligini baholash. DXSh loyihalarini amalga oshirishda davlat va biznesning kafolatlari va risklari. Davlat-xususiy sheriklik shakli: ijara va konsessiya. Qishloq xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik. Suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik. Qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasi tarmoqlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish. Qishloq va suv xo‘jaligi innovatsion sohasida davlat-xususiy sheriklik.