“Huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlik!”
2022 yil 5 oktyabr kuni “TIQXMMI” MTU ma’ruzalar zalida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari uchun fakultet dekani R.Xakimov boshchiligida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish va uning profilaktikasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda Toshkent shahar YUnusobod tumani IIOFMB yoshlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori katta leytenanti Nodira Ubaydullaeva, Yunusobod tumani IIOFMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari katta leytenanti Dilnoza Siddiqova hamda Yunusobod tumani IIOFMB Universitet huquq tartibot maskani profilaktika katta inspektori mayor Abzal Ubaydullaevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, talabalarni universitet ichki-tartib qoidalariga doimiy tarzda rioya qilishlari borasida tushuntirish olib bordilar. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kengayib borayotgan psixotropik moddalar iste’moli ularni salbiy oqibatlari va ta’sirlari, xotin-qizlarga nisbatan tayziq va zo‘ravonliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida, shuningdek, firibgarlik jinoyatining salbiy xususisiyatlari va ularni oldini olish choralari xususida atroflicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. Tadbirda talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati