Buxgalteriya hisobi va audit

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri

Axmedov Azamat Kamilovich

Теl.: +99871-237-19-22

E-mail: a.akhmedov@tiiame.uz

 

 


Ushbu kafedra 1993 yilda “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil qilish” fakulteti tarkibida dastlab “Buxgalteriya hisobi va moliya” nomi bilan tashkil qilingan. Bunga sabab, Respublikamiz mustaqillikka erishishi munosabati bilan fakultet jamoasiga suv xo‘jaligi korxonalari uchun yuqori malakali, zamon talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash vazifasi topshirildi. 1992 – 1993 o‘quv yilidan boshlab, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini buyrug‘iga asosan, “Buxgalteriya hisobi va moliya” mutahassisligi bo‘yicha har yili 50 nafardan talaba qabul qilina boshlandi. Bu mutahassislikni ochishda professor O.U.Salimov va dotsent A.P.Po‘latovlar o‘zlarini munosib hissalarini qo‘shganlar. 1995-1998 yillarda kafedraga biriktirilgan o‘quv xonalarida maxsus jihozlangan ma’ruza xonasi va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun “Proves” kompyuterlari bilan jihozlangan o‘quv xonalari tashkil qilindi. Ma’ruzalarni o‘tishda diaproektor va videofilmlardan keng foydalanildi. Amaliy mashg‘ulotni o‘tishda va talabalarni bilimini baholashda maxsus 10 ta kompyuter bilan jihozlangan o‘quv xonasi tashkil qilindi. Shu yillar ichida kafedra o‘qituvchilari har bir fandan ma’ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun uslubiy qo‘llanmalar va masalalar to‘plamlarini tayyorlab, o‘quv jarayoniga tadbiq qildilar. 1997 yildan boshlab, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim berishni ikki bosqichli tizimga o‘tilishi munosabati bilan kafedra suv xo‘jaligi korxonalari uchun buxgalter bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ydi va 2001-yildan boshlab, “Buxgalteriya hisobi” (suv xo‘jaligida) mutahassisligi bo‘yicha magistratura tashkil qilindi. Magistratura mutahassisligini ochishda kafedra mudiri iqtisod fanlari nomzodi dotsent Axror Azlarovning hissalari katta hisoblanadi. Ushbu davrda kafedrada iqtidorli yoshlarning ilmiy ishlariga eotibor kuchaytirildi. Buning natijasida kafedraning ilmiy salohiyati yanada oshdi, kafedra tarkibi yangilandi. 2004 yilda institut nomi o‘zgarishi bilan kafedra ham yangi “Buxgalteriya hisobi va audit” nomi bilan yuritila boshlandi. 2004-2005 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilaridan Sh.T.Ergasheva va Sh.I.Hodjimuhamedova, 2010 yilda A.G.Ibragimovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1993-1995, 1999-2003 yillarda kafedraga dotsent A.P. Pulatov, 1995 yildan 1999 yilgacha dotsent A. Nazirov, 2003 yildan 2005 yilgacha dotsent A. Azlyarov, 2005 yildan 2012 yilgacha dotsent Sh.T.Ergasheva, 2012 yildan 2014 yilgacha Sh.I.Hodjimuhamedovalar mudirlik qilishgan. 2014 yildan 2016 yilgacha kafedraga dotsent A.G.Ibragimov mudirlik qilgan. 2016 yildan 2018 yilgacha kafedraga dotsent M.Sh.Mamatqulov mudirlik mudirlik qilgan. 2018-2019 o’quv yilidan boshlab kafedraga i.f.n dotsent Sh.Xodjimuhamedova rahbarlik qildi. 2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedraga  Phd Axmedov Azamat Kamilovich rahbarlik qilib kelmoqda. “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasini tashkil qilinishi va uning xodimlari tarkibi: Kafedra 1999 yilda “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti” fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Kafedra faoliyati jarayonida 30 dan ortiq professor o‘qituvchilar va 10 dan ortiq yordamchi xodimlar ishlagan. Shu jumladan, 2 ta professor (hamkorlik asosida), 11 ta dotsent, 10 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistentlar faoliyat ko‘rsatgan.


Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar