Joriy yilning 8 aprel kuni TIQXMMI Milliy tadqiqotlar universiteti B-bino 109-auditoriyasi - Turon bank xonasida “O’zbekiston banklarida o’rnatilgan iqtisodiy meyorlar” mavzusida navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Turon bank ATB Moliya departamenti direktori Azimov Jobir Baxodirovich mavzu yuzasidan taqdimoti bilan ishtirok etdi. Tadbirni “Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov ochib berdi, u kirish so'zida Turon bank ATB mutaxassislari tomonidan haftaning har shanba kunlari turli mavzularda o'tkazib kelinayotgan ochiq muloqotlarda talabalar faol qatnashishi, qiziqtirgan savollariga javoblar olib, bilimlarini “Turon bank” ATB misolida aniq ma’lumotlar bilan mustahkamlab borayotganligi haqida gapirdi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari – talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilarni mamlakatimizda 30 aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumda ovoz berishda faol bo’lishni chaqirdi.
Turon bank Moliya departamenti direktori Azimov Jobir Baxodirovichning taqdimotida moliyaviy bozorlarning globallashuvi nazorat organlarining o'zaro munosabati va xalqaro darajada axborot almashinuvi bo'yicha yangi vazifalarni yuzaga keltirishib shu munosabat bilan, bank nazorati sohasida boshqa moliyaviy bozorlarda bo'lgani kabi qator xalqaro standartlar ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozimligi haqida gapirdi. Xalqaro bank nazoratining asosiy maqsadlari, banklarni tartibga solish va nazorat qilish jarayoniga aktiv ta'sir qiluvchi – xalqaro standartlarni joriy qiluvchi muhim tashkilot bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi ekanligini, tamoyillari, tijorat banklarining likvidligini boshqarishhaqida tushuntirib berdi.
Berilgan ma'lumotlardan kelib chiqib, talabalar ko'plab savollarga javoblar olishdi, ayniqsa, fakultetda ta'lim oluvchi “Liderlar” klubi a’zolari hamda “Turon bank” ATBning stipendiasi sovrindorlari o'z fikr va takliflari bilan ishtirok etishdi.
Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti