Institutimizning “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta oʻqituvchisi Talipova Dilfuza Nabiyevna 26 noyabr toʻrtinchi juftlikda Iqtisodiy tahlil turlari mavzusida “Ochiq maʼruzasi” boʻlib oʻtdi. Oʻqituvchi talabalarga mavzu haqida quyidagi tushinchalarni berib oʻtdi: Iqtisodiy maʼlumotlarni biznes reja, turli xil axborot manbalari, texnologik maʼlumotlar, operativ-texnik, meʼyoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng koʻp foydalanilishi va tahlillarning joriy, tezkor hamda istiqbolli turlari haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.
Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti