Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti 5230200- Menejment yo‘nalishi talabalarining ishlab chiqarish amaliyoti obektlari va bu to‘g‘risida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Hisoboti
5230200- Menejment (suv xo‘jalgida) talabalarining malaka amaliyotini o‘tash va amalga oshirish sifatini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son va 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qarorlari, “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 24 maydagi PQ-3003-sonli qarori, 2017 yil 13 dekabrdagi PQ-3432-sonli qarorilari, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari hamda institutning tanishuv, o‘quv-tanishuv, ishlab chiqarish hamda bitiruv oldi amaliyotini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomiga asosan quyidagi ishlar olib borilmoqda.
Jumladan amaliyot davrida talabalar: menejment nazariyasi va amaliyoti, menejmentning tamoyillari, usul, uslub va qaror qabul qilish asoslarini, menejment qonunlari, tamoyillari, funksiyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi; suv resurslarini boshqarishning havzaviy usuli, menejment qarorlari va ularni qabul qilish yo‘llari, suv xo‘jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni hisobotlardan to‘g‘ri tanlash, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, birlamchi hujjatlardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib 5230200- Menejment (suv xo‘jalgida) yo‘nalishi talabalarining malaka amaliyotini Chirchiq-Oxangaron ITB, Bo‘zsuv ITB, Suvsanoatmash AJlarda o‘tab, amaliyot jarayonida sohaga oid naariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olishi, soha korxonalarini moliyaviy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilishda ijodiy fikrlay olishi, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritishi, mehnat munosabatlariga oid tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olishi, o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ulargato‘la baho berish, tahlil natijalari asosida vaziyatga to‘g‘ri va xolisona baho berish, o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish bo‘yicha amalda bajarish qobiliyati shakllandi.