Fakultet tarixi

1974 yilda Toshkent irrigatssiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining “Gidrotexnik inshootlar” fakulteti qoshida  “Suv xo‘jaligi iqtisodi va uni tashkil etish” yo‘nalishi ochildi. Bu yo‘nalish 1976 yilga borib mustaqil fakultetga aylantirildi.

Fakultet 2004 yildan “Suv xo‘jaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti”, 2015 yildan “Suv xo‘jaligida menejment” fakulteti nomi bilan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-3003 “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021yil PQ-42-son "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori asosida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tarkibida 2023 yil 1 fevraldan “Iqtisodiyot” fakulteti sifatida qayta nomlanib zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya xonalari, yuqori malakali pedagog xodimlarning o‘quv va ilmiy, ilg‘or pedagogik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan holatda samarali  faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

 

 Fakultetga biriktirilgan kafedralar qo‘yidagilardan iborat.

 

Iqtisodiyot kafedrasi

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Axborot texnologiyalari kafedrasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz tili kafedrasi

 

Fakultet qo‘yidagi ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis va kadrlarni tayyorlaydi:

60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

 

Fakultetda 5 nafar professor, 34 nafar dotsent, 55 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib borishmoqda. Fakultet asosiy shtatdagi professoro‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 68 foizni tashkil etadi.