Ilmiy ishlar

Kafedra tomonidan 2018-2019 o‘quv yilida davlat buyurtmasi bo‘yicha “Suv xo‘jaligi tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ishini yuritish va hujjatlar aylanishini takomillashtirish” mavzuida (umumiy qiymati 25 mln. so‘m) ilmiy tadqiqot ishi olib borilmoqda. ITI mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish rejasi, qaydnoma, ish dasturi va yillik kalendar rejalari mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, ITI bo‘yicha joriy hisobot tayyorlanib himoya qilindi.