O'qitiladigan fanlar

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Matematik usullar va modellar

Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba:

-          Obʼekt, model tuzish, modellashtirish, algoritmlash, dastur tuzish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi;

-          Аmaliy dasturlar, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini;

-          funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

-          dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak.

 

 

3.

Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish

“Аxborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fani talabalarni axborot jarayonlari va ularni matematik modellashtirish masalalariga uslubiy yondashishga oʼrgatadi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi, nazariy bilimlar, amaliy koʼnikmalar olishlariga yordam beradi.

Fan boʼyicha talabalarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi. Talaba:

-          axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega boʼlishi;

-          maʼlumotlar bazalarini, dasturiy taʼminot va dasturlash texnologiyasini;

-          funktsional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

-          dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy taʼminot imkoniyatlaridan foydalanish koʼnikmalariga ega boʼlishi;

-          Oliy matematika va fizika boʼyicha zarur bilimlarga ega boʼlishi kerak.

4.

Ekonometrika

Fanning asosiy maqsadi talabalarda murakkab iqtisodiy hodisalar va jarayonlardagi bogʼlanishlarni miqdoriy ifodalashni iqtisodiy obʼektlar misolida modellashtirish, ularni kompьyuterda yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish boʼyicha bilim, koʼnikma va malakani shakllantirishdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarga iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni anʼanaviy matematik-statistika va maxsus ishlab chiqilgan usullardan foydalanish orqali iqtisodiy koʼrsatkichlar oʼrtasidagi miqdoriy bogʼlanishlarni tahlil qilishni oʼrgatish vazifalarini bajaradi.