Fan-ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

19 noyabr 2022 yilda “Turan bank” ATB ning “Innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqot markazi”da navbatdagi seminar bo'lib o'tdi. Seminarda  “Loyihalarni boshqarish” ofisi boshlig'i Ismailov Fagani Ali o'g'li “Bankda loyihalarni boshqarish tizimi va PMO (Project Management Office) ni yaratish” mavzusida Universitet talabalari va professor-o'qituvchilariga ma'lumot berdi. 
Seminarda Bankdagi loyihalarni boshqarishning odatiy sur'ati, Loyiha boshqaruvi bo'limi faoliyati, Loyiha portfeli, Loyihani boshqarish tizimi haqida ochiq muloqot bo'lib otdi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga Fagani Ismailov tomonidan tushunchalar berildi. Qizg'in tarzda o'tgan seminar uchun Fagani Aliyevichga minnardorchilik bildiramiz!
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari.

      

U.Xoliyorov axboroti