2022 yil 16 may kuni “Adiblar hiyobonida” O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali qoshida “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalari ishtirokida “Vatanni sevishni o‘rgatgan shoir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni p.f.n dotsent N.Yulasheva olib bordi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, “Turon” kutubxonasi mas’ul xodimi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Davron Rajabov taklif etildi. Tadbirni fakultet dekani kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripovning she’riyatida inson qadri va kamoli, vatanparvarlik xususiyatlarining ahamiyati to‘g‘risida hayotiy fikrlarini bildirib, o‘tib, A.Oripov she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar. So‘zga chiqqan Davron Rajabov she’riyat olamida A.Oripovning tutgan o‘rni, shoirning jonkuyarligi, insoniy fazilatlari, yosh shoirlarga o‘zining ijobiy maslahatlarini yamasdan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganligi to‘g‘risida xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘z ijod namunalarida yig‘ilganlarga she’rlar o‘qib berdi. Universitetimiz “Kimyo” kafedrasi dotsenti A.Axmedov tomonidan A.Oripov ijodiga mansub bo‘lgan xalqimiz sevib eshitadigan ashulalar kuylandi. Fakultetimiz faol yoshlari shoir ijodidan she’rlardan yod olishib, ma’naviy tadbirga jo‘shqinlik bag‘ishladilar. Ma’rifiy tadbir ko‘taringki kayfiyatda o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Universitet matbuot xizmati