2022-yil 9-aprel "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti tomonidan buyuk sarkarda, davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan universitet Madaniyati saroyida bayram tadbiri o`tkazildi. Tadbirda fakultet talabalarining ustoz shoir Abdulla Oripovning "Sohibqiron" drammasi asosida sahnalashtirilgan maxsus teatrial chiqishlar tadbir ishtirokchilarida Amir Temur shaxsidagi ulug`lik, odillik kabi buyuk sifatlarni ko`rsatib berdi.
Shuning bilan bir qatorda, bir guruh O`zbekistonda xizamat ko`rsatgan artistlar ishtiroki tadbir ko`rkiga ko`rk qo`shdi.
"SXTE va B" fakulteti matbuot kotibi I.Xolbutayev axboroti