To'garaklar

“Iqtisodiy nazariya asoslari” kafedrasida “Talaba ilmiy jamiyati” va bir qancha fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, unga institutning iqtisod soxasiga qiziqish bildirgan barcha talabalari qatnashadi. “Talabalar ilmiy jamiyati” ga kafedraning katta o‘qituvchisi I. Abduraxmonova raxbarlik qiladi. Talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari respublika jurnallari, konferensiyalar to‘plamlarida maqola va tezis ko‘rinishida o‘z aksini topgan. Ilmiy jamiyatda iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo‘yicha izlanishlar olib boriladi.

Shuningdek kafedrada “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining “Yosh iqtisodchi”to‘garagi mavjud. Unga kafedraning katta o‘qituvchisi D. Rustamova raxbarlik qilmoqda. Bu to‘garakda asosan “Iqtisodiyot va menejment” fakultetining 1 – bosqich talabalari ishtirok etadi. Ular aynan “Iqtisodiyot nazariyasi” faniga oid kurs ishi, ilmiy referatlar va mavzularning prezentatsiyalarini tayyorlash uslubini o‘rganishadi.

Kafedraning katta o‘qituvchisi S. Ikramova boshchiligida “Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanining “Men, dunyo va iqtisodiyot” nomli to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, unda “Iqtisodiyot va menejment” fakultetining 3 – bosqich talabalari qatnashadi. Talabalar rivojlangan davlatlarining iqtisodiy tajribasini va uni O‘zbekiston iqtisodiyotiga tadbiq etish imkoniyatlarini o‘rganishadi. Ularning izlanish natijalari ilmiy maqola va tezis ko‘rinishida respublikaning soxaga oid jurnallarida va ilmiy amaliy konfernsiyalar to‘plamlarida chop ettiriladi.

Kafedraning saloxiyatli dotsenti T. Fayzullaeva tomonidan xam “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining “Yosh iqtidorli talabalar iqtisodiyoti ”to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati noiqtisodiy yo‘nalishlarda taxsil olayotgan talabalarga iqtisodiyot nazariyasini o‘rgatishga qaratilgan. To‘garakda talabalarga texnik loyixalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash, ulardan keladigan ijtimoiy – iqtisodiy foydani ochib berishga asoslangan mavzular o‘rgatiladi.

Xar yili kafedra professor – o‘qituvchilari bilan xamkorlikda talabalar tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettiriladi.

To‘garakka a’zo bulish uchun telefon 237-09-73 ina119@umail.uz Ikramova Surayyo Askarovna, Rustamova Dilbar Rustamovna, Fayzullaeva Tursunoy Raxmatullaevna A-119 xona.