Bugun 27.04.2022 sanada “Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani R.Xakimov, tyutorlar I.Xolbutayev, H.Valiyeva, Sh.Nortoshev hamda fakultetning bir guruh talabalari ishtirokida “Tashkent UzExpo center” da o`tkazilayotgan “II-я Промышленная выставка ИННОПРОМ-Ташкент” xalqaro ko`rgazmasiga tashrif buyurdi. UzExpo centerda tashkil etilgan ko`rgazmada O`zbekiston, Rossiya, Belorussiya, Tojikiston, Qozog`iston kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar, yuqorida nomlari keltirilgan davlatlarning milliy ishlab chiqarish brendlari namunalari bilan ishtirok etdi. Ushbu ko`rgazmada talabalar o`zlari qiziqqan soha ishlab chiqaruvchilari bilan fikr almashdilar. O`zlarini qiziqtirgan savollarga to`laqonli javoblar oldilar.
Mazkur xalqaro ko`rgazma fakultet talabalari uchun nihoyatda foydali, samarali bo`ldi desak mubolag`a qilmagan bo`lamiz.
"Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti.
Universitet matbuot xizmati.