Bugun TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti SXTE va B fakultetining dekan muovini J.Turdiyev va fakulteti tyutorlari boshchiligida 3-talabalar turar joyida yashovchi talabalarning xonalari, oshxona jihozlarining ozodaligini ko'rib chiqildi. Talaba qizlari bilan Тарбия масаласида suhbat o'tkazildi. Suhbatda dekan muovini va fakultet tyutorlari tomonidan yoshlarga Davlatimiz va Universitetimiz tomonidan berilayotgan e'tibor, imkoniyatlardan mukammal foydalanish lozimligi, shu bilan bir qatorda talaba odob-axloq qoidalariga rioya qilishi - o'zini tutishi, har qanday vaziyatda mintalitetimizga xos tarbiyalanganlikni namoyon etib, atrofdagi insonlarga nisbatan loqayd bo'lmaslik haqida gapirildi.
.