Bakalavriatura yo'nalishlari

5233000-Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

5233000- Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar iqtisodiyotning suv xo‘jaligi tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma sub’ektlari, ishlab chiqarish va noishlabchiqarish majmualari va ularning tarkibi;

Assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari;

Suv iste’molchilari uyushmalari,  agrofirma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarning raqobatbardoshligi, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash

5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida)

5230900- Buxgalteriya hisobi va audit (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari suv xo‘jaligi korxona va tashkilotlarida, jumladan qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat va tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bo‘limlari, irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi,  suv iste’molchilari uyushmalari, suv xo‘jaligi qurilish tashkilotlarida bosh buxgalter va buxgalter lavozimlarida, shuningdek, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy hodim, shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi kasb-hunar kollejlarida o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritishlari mumkin

5230103- Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida)

5230103-Iqtisodiyot ( suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar iqtisodiyotning suv xo‘jaligi tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma sub’ektlari, ishlab chiqarish va noishlabchiqarish majmualari va ularning tarkibi;

Assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari;

Suv iste’molchilari uyushmalari,  agrofirma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarning raqobatbardoshligi, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida faoliyat yuritishlari mumkin

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – “Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotga mansub fanlar” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:

- davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;

- iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;

- iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;

-  tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari;

- firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash;

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.

60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.

60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim  yo’nalishi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘‘ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek norizidentlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari, o‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalari va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi hisob yuritish jarayonlar majmuasida ish yuritish, - buxgalteriya hisobi va audit tizimida korporativ boshqaruv tartib va tamoyillarini bilish;

- moliya-bank tizimiga doir qonunchilikka muvofiq boshqaruv mezonlarini anglagan bo‘lish;

- buxgalteriya hisobi va auditni to‘g‘ri tashkil qilish va samarali boshqarishni amalga oshirish;

- buxgalteriya hisobi va audit tizimida moliyaviy boshqaruv va xodimlarni boshqarish strategiyalarini bilishi va amaliyotda qo‘llay olish;

- buxgalteriya hisobi va audit faoliyatidagi muammolarni echimlarini amaliyotga tatbiq etish;

- bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirgan ishining natijalarini baholash;

- buxgalteriya hisobi va audit sohasining xalqaro hamda milliy mosligini monitoring qilish ishlarida ishtirokini ta’minlashda ko‘maklashadi.

60410800 - Statistika (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – “Iqtisod” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u davlat statistika tashkilotlari, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini statistikaning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar bilan bog‘lik kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) taʼlim yoʻnalishi – fan va turizm sohasidagi taʼlim yoʻnalishi boʻlib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-meʼyoriy asoslarini takomillashtirish, turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, maxsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, turizm korxonalarida xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish, xizmatlar bozorini segmentlash, turizm mahsulot isteʼmolchilari xulq-atvorini oʻrganish, turizm korxonalari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:

- davlat va nodavlat turistik korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;

- mehmonxona komplekslari, sogʻlomlashtiruvchi maskanlar va ular bilan bogʻliq joylashtirish vositalari;

- turizmning soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;

- turizm sohasida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;

- turizm tashkilotlari va korxonalarida zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni ragʻbatlantirish jarayonlari;

- turistik firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi turistik korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni taʼminlash;

- turizm sohasi bilan bogʻliq ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonlari.

61010400 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtgandan keyin, professional taʼlim muassasalarida taʼlimning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻqitish boʻyicha pedagogik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi. Bakalavriatning kasb taʼlimi yoʻnalishlari bundan mustasno.

60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (moliya-bank tizimida

60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari(qishloq va suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Axborot texnologiyalar” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo`lib, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

60610700 - Sun'iy intellekt

60610700 – Sun’iy intellekt ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.

60610600 – Dasturiy injiniring

60610600 – Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kompyuter injiniringi bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, IT kompaniyalar va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.