Otabek Atamurodov bilan “Mehmonxona biznesini yuritishda Germaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati

Universitet rektorining tavsiyalariga kora «Iqtisodiyot» fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi tomonidan talabalarning oquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini xorij davlatlarida amalga oshirish boyicha qator chora-tadbirlar relalashtirilgan. Shu munosabat bilan 2023-yil 15-fevral kuni “Agrobank ilmiy tadqiqotlar markazi” auditoriyasida Turizm yonalishi 1-kurs talabalarining universitetimizning sobiq talabasi, Germaniya davlati Frankfurt shahridagi “ANOR” mehmonhonasi bosh menedjeri Otabek Atamurodov bilan “Mehmonxona biznesini yuritishda Germaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’ruzachi turizm biznesining jadallik bilan rivojlanib borayotganligi va ba’zi mamlakatlar milliy daromadining katta qismini turizm hisobidan qo‘lga kiritayotganligi, ular mehmon kutish industriyasini – mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, dam olish bazalarini yaratish va rivojlantirish, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarni yaxshi kutib olish an’ana va mahoratlariga ham tayanishishlari haqida so’zlab berdi.

  

 

Otabek eng avvalo ozini erishgan yutuqlari todrisida gapirib barcha yuruqlarning zaminida eng avvalo qattiq mehnat qilish hamda tinimsiz bilim olish, oz kasbini ustasi bolish lozimligiga alohida toxtaldi.

Talabalarga mehmonxona biznesini yuritishning nozik jihatlari, tartib qoidalari va kelajakda xorijda bilim olish va amaliyitlar otkazish zarayonlarida yuzaga keladigan fors major holatlari haqida konikma berdi va ularga oldindan tayyor bo‘lish kerakligi haqida va shundagina kelajakda omadli turmenejerga aylanishlari mumkinligini tushuntirdi. Shuningdek, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

O‘zbekistonning mehmon kutish industriyasi turistlarda, ayniqsa chet elliklarda qayta tashrif buyurish istagini tug‘dirish darajasida ekanligi, chet elliklarning ayniqsa evropaliklarning fikricha, bizda nafaqat mehmonxonalar, balki, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi va ularga diqqat bilan yondashish risoladagidek ekanligi va O‘zbekistonda, turistlar nuqtai nazaridan olib qaralganda, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish juda yaxshi holatda ekanligini ta’kidladi. Hozirda Turizm yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar orasidan kimdir yaqin kelajakda o‘zbek turizm biznesini yangi darajaga olib chiqish maqsadida turistik menejerlar safiga kirib olishlariga omad tiladi va talabalarga beminnat yordamini taklif etdi.