Bo‘sh vaqt mazmunli o‘tsin

Har bir dam inson umrining ma’lum bir sahifalarini tashkil etadi. Uni mazmunli o‘tkazish jismoniy va aqliy salohiyatning takomiliga xizmat qiladi. Sport mashg‘ulotlarining, xususan, millionlar o‘yini sifatida e’tirof etilgan futbol musobaqalarining o‘tkazilishi g‘oyat maroqlidir.

2018 yil 4 noyabr kuni TIQXMMI “Ochiq sun’iy qoplamali futbol maydoni”da “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekanati tashabbusi bilan fakultetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018 yil 18 iyuldagi 14-sonli qo‘shma qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyuldagi 54-sonli qo‘shma qarori yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida, fakultet talabalarini darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan, sportning “Futbol” turi bo‘yicha fakultet dekani kubogi tashkil etildi. Futbol musobaqasida fakultetda tahsil olayotgan 12 ta akademik guruhlardan iborat futbol jamoalari ishtirok etishdi. Bahslar qizg‘in murosasiz kurashlar tarzida bo‘lib o‘tdi.

Turnir yakuni bo‘yicha “SXTE va B” ta’lim yo‘nalishi 102-guruh futbol jamoasi 3-o‘rinni, “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi 201- guruh futbol jamoasi 2-o‘rinni egalladi. “E va AMM” ta’lim yo‘nalishi 407-guruh futbol jamoasi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘oliblik sharafiga erishishdi.

  “SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari  J.Turdiyev

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov