“Iqtisodiy tahlilning bozor iqtisodiyoti sharoitida tutgan oʻrni va uni turlarga ajratish”

Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda boshqarishning hamma boʻgʻinlarida iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot maʼlumotlarini oʻrganib qayta ishlab ishlab chiqarishni tezkorlik bilan yoʻlga solib turadi. Iqtisodiy tahlil moddiy mehnat va pul resurslarini iqtisod qilish, mahsulot tannarxini harajat moddalari boʻyicha tahlil qilishni taqoza kiladi. Faqat kundalik nazorat qilish va tezkor tahlil harajatlarni belgilangan normativdan farq kilishni aniqlab beradi. Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Maksumxanova Azizaxon Mukadirovna “Iqtisodiy tahlilning bozor iqtisodiyoti sharoitida tutgan oʻrni va uni turlarga ajratish” mavzusida Ochiq maʼruza oʻtdi. Maʼruzada Toshkent moliya instituti oʻqituvchilari, institut Iqtisodiyot kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma hodimlari ishtirok etishdi.

Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti