Diniy ma’rifat chashmasi

Komil inson va barkamol avlodning barkamollik mezoni dunyoviy va diniy ma’lumotlarga ega bo‘lishdir. Har ikkalasining mohiyatini bilmagan inson chin ma’noda ma’rifatli deyilmasa kerak.
Joriy yilning  9 noyabr kuni soat 15:00 da TIQXMMI 7-ma’ruzalar zalida Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Hafizova va “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyevlar hamkorligida talaba yoshlar o‘rtasida “O‘z joniga suiqasd qilishni oldini olishda diniy ma’rifatning o‘rni” mavzusida Toshkent shahar Bosh imom xatibi o‘rinbosari, “Islom ota” jome’ masjidi Imom xatibi Jasurbek Raupov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
 Tadbirni J.Turdiyev kirish so‘zi bilan  ochib berdi. Tadbirda imom xatib J.Raupov bugungi kunda  yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan o‘z joniga qasd qilish holatlarini tahlil qilib, og‘ir gunoh ekanligini muqaddas dinimizda qoralanishini misollar va hadislar yordamida keng tushuntirib berdi.
 Shuningdek, talabalar va yoshlarni yot oqimlar va g‘oyalarga ergashish va uning salbiy oqibatlari diniy va dunyoviy misollar bilan atroflicha tushuntirildi. Qur’oni karim va muborak hadislardan keltirilgan misollar bilan o‘z mulohazalarini asosladi.
 Tadbir davomida talabalarning qiziqtirgan savollariga to‘la javoblar berildi.

 

“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
             Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov