2022 yil 29 aprel kuni “TIQXMMI” MTU ma’ruzalar zalida Universitet talaba yoshlari uchun “Yoshlar-Yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi-Zaxidov Erkin Agzamovich hamda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari-Alimov Nasimjon Hoshimovichlar ishtirok etishdi. Davra suhbatini Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib tashrif buyurgan mehmonlarni talaba yoshlarga tanishtirib o‘tdi. Davra suhbati davomida so‘zga chiqqan E.Zaxidov Yoshlarni huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xususida fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ustuvor yo‘nalishlarining mazmun va ahamiyatini yoshlarga hayotiy misollar va faktlar asosida tushuntirib berishga e’tibor qaratildi. Shuningdek, so‘zga chiqqan N.Alimov tomonidan bugungi kunda yurtimizda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renesans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l hamda milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
“SXTE va B” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Universitet matbuot xizmati