Bugun 30.04.2022 sanada "Suv xo`jaligi tashkil etish va boshqarish" fakulteti Turonbank xonasida Turonbank xodimi salim Qirg`izbayev tomonidan
Adliya vazirligida 2012 yil 15 martda 2342-son bilan ro'yxatga olingan "Xo'jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul, mablag'larini hisobdan chiqarish tartibi to'g'risidagi yo'riqnoma" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda talabalar o`zlarini qiziqtirgan bank faoliayti, xo`jalik yurituvchi subektning bank bilan bog`liq jihatlari, pul olish, pul qo`yish bilan bog`liq bo`lgan savollariga to`laqonli javoblar oldilar. Mazkur seminar-trening kelgusida o`z xususiy bizneslarini boshlamoqchi bo`lgan talabalaruchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi.
Seminar-trening so`ngida talabalr ham ushbu sohani rivojlantirish xususida o`z taklif va mulohazalarini bildirib o`tishdi.
"Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti
Universitet matbuot xizmati