2022 yil 26 fevralda "Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish" fakulьteti fakulьtetida АTB Turonbank xonasida bank tizimida risk menejmenti mavzusi boʼyicha navbatdagi seminar boʼlib oʼtdi. Seminarda АTB Turonbankning Bank risklarini boshqarish departamenti direktor oʼrinbosani Ishniyazov Otabek Baxodirovich taqdimot qildi.
Seminar mavzusi bevosita АTB Turonbank misolida boʼlganligi uchun jada qiziqarli boʼlib, savol javoblarga boy boʼldi.
Seminar ishtirokchilarini hozirda yurtimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, bank omonatlarining himoyalanganligi, banklararo raqobat sharoitida mijozlar bilan ishlashda qoʼllanilayotgan iqtisodiy mexanizm va dastaglar qiziqtirdi.
Seminarda berilgan savollarga asosli javoblar berildi. Seminar ishtirokchilari АTB Turonbank xodimi Ishniyazov Otabek Baxodirovichga qilingan taqdimot va savollarga berilgan javoblar uchun samimiy minnatdorchiliklar bildirishdi.