Xorijiy kredit linya mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kredit turlari

2022 yil 15 oktabrda "Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish" fakulьteti fakultetida АTB Turonbank xonasida "Xorijiy kredit linya mablagʻlari hisobidan ajratiladigan kredit turlari"  mavzusi boʼyicha navbatdagi seminar boʼlib oʼtdi. Seminarda АTB Turonbankning Kreditlarni boshqarish departamenti direktor oʼrinbosani quyidagi yo'nalishlar bo'yicha taqdimot qildi. 

Seminar mavzusi bevosita АTB Turonbank misolida boʼlganligi uchun jada qiziqarli boʼlib, savol javoblarga boy boʼldi.

 

    

Seminar ishtirokchilarini hozirda yurtimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa yurtimizda limonchilik faoliyatini bank tomonidan qo'llab - quvvatlanayotganligi va  banklararo raqobat sharoitida mijozlar bilan ishlashda qoʼllanilayotgan iqtisodiy mexanizm va dastaglar qiziqtirdi. 
Seminarda berilgan savollarga asosli javoblar berildi. Seminar ishtirokchilari АTB Turonbank xodimiga qilingan taqdimot va savollarga berilgan javoblar uchun samimiy minnatdorchiliklar bildirishdi.

SXTEB fakulteti dekani muovini U.Xoliyorov