Tarixi

“O'zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri,

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Kilicheva Feruza Beshimovna 

Теl.:  +99871-237-19-43

Email: f.kilicheva@tiiame.uz

 


“O‘zbek tili” kafedrasi 1934-1937 yillarda tashkil topib,unda Bahrom Xaydariy faoliyat ko‘rsatgan. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to‘g‘risidagi” qonun e’lon qilindi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan “O‘zbek tili” kafedrasi mavjud bo‘lmagan barcha oliy o‘quv yurtlari qatorida institutimizda ham (dekabr oyida) “O‘zbek tili” kafedrasi tashkil etildi. 1989-yildan 1994-yilgacha dots. X.S. Kudratillayev, 1994-yildan 1996-yilgacha A.N.Tursunov, 1996-yildan 2004-yilning 16-sentabrigacha K.N.Raximova kafedraga rahbarlik qilib kelganlar. Kafedrada professorlar: G‘.Abduraxmonov, E.A. Begmatov, N.A.Raxmonov, dots. X.A. Hakimova faoliyat ko‘rsatib, yosh o‘qituvchilarga ustozlik qilishgan. Shu davrda kafedrada dots. K.N.Rahimova, d.v.b. Yu.I.Kurbanova, katta o‘qituvchilar: Z.O.Xolmedova, E.K.Yusupov, S.I.Qobilova, assistentlar: O‘.E.Usmonov, R.T.Qodirova, N.M.Mirsodikovlar ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash va malakali mutaxassislarni tayyorlashda tinimsiz mehnat qilib kelganlar.

  1. 1989-yildan buyon rus guruhlarida “O‘zbek tili”, 1994-1995-o‘quv yilidan boshlab “O‘zbek tilida ish yuritish”, 1996-1997-o‘quv yilidan rus guruhlarida “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1997-yildan 2008-yilgacha 4-bosqichlarda “Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgan.
  2. “Rus tili” kafedrasi: Rus tili fani institutning “Tillar” kafedrasi tarkibida 1934-yildan boshlab o‘qitilgan. 1968-yilda “Rus tili” kafedrasi bo‘lib ajralib chiqqan. 1969-yilgacha kafedra mudiri lavozimida: katta o‘qituvchilar N.A.Shaverova, A.A.Buribekov, K.S.Kobilovlar ishlaganlar.
  3. 1969-yildan boshlab 2014-yilgacha prof. M.A.Batirova kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan. 1978-yilgacha kafedrada o‘zbek talabalari, chet ellik talabalar, stajyor va aspirantlar bilan ish olib borilgan. O‘qituvchilarning soni 50 nafargacha yetgan.Chet el talabalari va aspirantlari bilan eng tajribali o‘qituvchilar R.A.Shves, Ye.Z.Kochina, R.T.Turganova, G.R.Xasanxodjayeva, E.T.Ostapenko, L.A.Razumova, L.I.Lukyanova, dotsentlar: Z.D.Eshmetova, X.G.Babadjanova, prof. M.A.Batirova va boshqalar ishlaganlar. Bundan tashqari katta o‘qituvchi G.R.Xasanxodjayeva Jazoir mamlakatida ikki yil o‘qituvchilik qilib kelgan; professor M.A.Batirova 1979-yili Angliyaning London shahrida Universitet qoshidagi qisqa muddatli rus tili kurslarida dars berib kelgan.
  4. 1977-1978-yillarda tayyorlov fakulteti va asosiy fakultetlar uchun alohida 2 ta rus tili kafedralari tashkil qilingan. Kafedra tashkil qilingandan beri 70 dan ortiq uslubiy metodik qo‘llanma va maqolalar prof. M.A. Batirova tomonidan chop ettirilgan.
  5. 1999-yil O‘zbekiston Mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini e’tiborga olgan holda Respublikada bo‘lib o‘tayotgan islohotlar aksini topgan bir qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar, o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan.
  6. 1996-2004-yillargacha kafedrada quyidagi o‘qituvchilar: prof. M.A.Batirova, dots. Sh.K.Ganiyev, katta o‘qituvchilar: N.V.Marxlevskaya, S.A Raximova, S.P.Shapova, G.F.Pulatova, I.V.Allenova, M.E. Arakelyans, G.S.Samandarova, o‘qituvchi U.T.Tasheva faoliyat yuritib kelgan.
  7. “Chet tili” kafedrasi 1945-yilda mustaqil bo‘linma sifatida ajralib chiqqan. 1945-yildan 1950-yilgacha kafedraga Ye.X.Gayevskaya, filologiya fanlar nomzodi N.M.Solovevlar mudirlik qilishgan. 1950-1983-yillargacha dots. I.Ya.Vatina, 1983-1992-yillari D.M.Ziyadullayeva kafedraga boshchilik qilganlar.
  8. 1992-yildan 1997-yilgacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dots. M.M.Jamolova rahbarlik qilgan. 1997-yildan 1999-yilgacha katta o‘qituvchi S.N.Abdulqosimova va M.S.Yusubovlar rahbarlik qilishgan.

Kafedraning katta o‘qituvchilari Ye.A.Goxun, Yu.G.Osadchiy, A.N. Sherbininlar uzoq yillar davomida samarali ish olib borishgan. Kafedrada har yili uslubiy va tarbiyaviy ishlar tajribasi takomillashtirib borilgan.Chet el bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanayotgan bir sharoitda chet tillarni biladigan mutaxassislarga bo‘lgan talab ham oshib borgan. 1993-1994-o‘quv yilidan boshlab milliy guruh talabalariga ham chet tillarni o‘rgatish o‘quv rejasiga kiritildi. Shuni hisobga olib, kafedrada 1-2-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan metodik tavsiyalar, uslubiy qo‘llanmalar yaratib borilgan. Kafedraning tajribali o‘qituvchilari institutning iqtidorli talabalarini “Umid”, “Aksels”, “DAAD” jamg‘armalari bo‘yicha musobaqalarga tayyorlaganlar. “O‘zbek tili va chet tillar” kafedrasi 2004-yilning 16-sentabrida 3ta tillar kafedrasi (rus tili, o‘zbek tili, chet tili) asosida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib prof. M.A.Bairova tayinlangan. Kafedra tashkil qilingandan boshlab, uning jamoasida jami 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, shuningdek 10 dan ortiq yordamchi xоdimlar faoliyat yuritishgan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan “Обучение студентов культуре речи и культуре поведения в обществе” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Kafedra o‘qituvchilari xalqaro, respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferensiya, sipoziumlar va seminarlarda faol ishtirok etib kelgan. Kafedra Toshkent moliya instituti, YUKGU Auezova nomidagi, TXTI, O‘zDJTU va Milliy universitetlar bilan hamkorlikda ish olib borgan.

2014-yilda “O‘zbek tili va chet tillari ” kafedrasi ikkita kafedraga bo‘lingan : “Chet tillari” va “O‘zbek tili va chet tillari”. ”O‘zbek tili va chet tillari” kafedrasi mudiri lavozimiga katta o‘qituvchi I.V.Allenova tayinlangan. 2015-yil aprel oyidan hozirgi vaqtgacha kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dots. F.B.Kilicheva rahbarlik qilib kelmoqda. 2016-yildan boshlab “O‘zbek tili va chet tillari” kafedrasi nomi o‘zgarib, “Tillar” kafedrasi deb nomlanadi va kafedra tarkibiga rus va o‘zbek tillari o‘qituvchilari kiritilgan. 2021-yildan boshlab, kafedra “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi nomi bilan o‘z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirda kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dots. F.B.Kilicheva rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari prof. M.A.Batirova, katta o‘qituvchilar: I.V.Allenova, E.K. Yusupov, U.T.Tasheva, o‘qituvchilar: R.T.Kodirova, M.A.Qo‘shnazarova, G.K.Musaeva, V.A.Seytenovalar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan kafedrada o‘tiladigan fanlardan darsliklar, monografiya, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib, o‘quv jarayoniga tadbiq etilmoqda, ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib, nashr etilmoqda. Kafedra a’zolari xalqaro, respublika miqyosida o‘tkaziladigan konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etib kelmoqdalar.


Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar