SXTEB fakulteti tyutori H.valiyeva hamda1 kurs 106-guruh talabalri tomonidan shahidlar xotirasi yodgorlik majmuiga ekskursiya uyushtirildi.1-Prezident I.A.Karimov rahbarligida amalga oshirilgan xayrli ishlardan biri chor va sovet mustamlakachiligi yillarida begunoh qurbon bo’lgan, o’tgan asrning 30-50-yillarida “xalq dushmani” sifatida qatag’on etilgan va shu sababli nomlari o’zbek xalqi hamda madaniyati tarixidan o’chirib yuborilgan siymolar xotirasini abadiylashtirish orqali tarixiy adolatni tiklashga qaratilga tarixiy memorial kompleksiga tashrif. Poytaxtimizda 2002-yilda bunyod etilgan ushbu me’moriy yodgorlik majmuasi Vatanimiz ozodligi uchun kurashda jon fido qilgan Vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. “Shahidlar xotirasi” maydoni shahrimizning go‘zal maskanlaridan birida joylashgan bo'lib, u yerda vafot etgan shahidlarning ko‘pchiligini ziyoli vatandoshlarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va boshqa buyuk jadidchi arboblarimiz tashkil etgan. Mazkur me’moriy yodgorlik ushbu buyuk bobolarimizning buyuk o‘tmishi hamda yorqin xotiralarini o‘zida mujassamlashtiradi.
“Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti tyutori I.Xolbutayev ma`lumoti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati