O'qitiladigan fanlar

 

 

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1.

Iqtisodiyot nazariyasi

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko‘maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish.

2

Makroiqtisodiyot

 

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida bir tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Makroiqtisodiyotni o‘rganish makroiqtisodiy jarayonlarning ilmiy asoslarini hamda ilg‘or mamlakatlardagi bu jarayonlarni tartibga solish amaliyot va to‘plangan boy tajribani o‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib fan o‘z predmetini o‘rganish uchun quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
  • bozor iqtisodiyotining asosiy subektlarinig o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘lish;
  • asosiy makroiqtisodiy muammolarni va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni bilish;
  • maroiqtisodiy muammolarning echimini o‘rganish va bartaraf etish;
  • pul-kredit siyosatidagi muammolarni bartaraf etish;
  • byudjet-soliq siyosatidagi muammolarni bartaraf etish;
  • xalqaro savdo to‘siqlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lish;
  • boj tariflari afzalligi va kamchiliklarini yoritish;
  • valyuta kursi va makroiqtisodiy siyosat o‘rtasidagi bog‘liqlikni yoritish.

 

3

Mikroiqtisodiyot

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyoti ning ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, bozor sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.

Fanning vazafasi – talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, bozor sub’ektlarining har xil bozor tuzilmalaridagi xarakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, iste’molchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozordagi talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni taxlil kilish va xulosalar chiqarishni, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qirish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.

4

Mexnat iqtisodiyoti.

Fanning vazifasi - mehnat jarayonlarini tashkil etishni o‘rganish; mehnat salohiyati va mehnat resurslarining mohiyati, mazmuni va shakllanish jarayonini ko‘rsatib berish; mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari hamda zahiralarni aniqlash; bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining mohiyati, ahamiyati, nazariy asoslari, klassifikatsiyasi va segmentatsiyasini ifodalash; bozor munosabatlari sharoitida aholini ish bilan bandligi muammolari va ularning yechimini topish; ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, tarkibi, tuzilishi va ularni aniqlash; xodimlar mehnatini baholash va ish haqini tashkil etish tizimini o‘rganish; ijtimoiy sherikchilikning mohiyati, ahamiyati, asosiy maqsadi, elementlari, tamoyillari va tashkil etish yo‘llarini o‘rganish; ish haqi shakllari va uni taqsimlash tahlili hamda mehnat unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilini o‘rganish; bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etish yo‘llarini, inson taraqqiyoti komponentlari, jihatlari va omillarini, inson taraqqiyoti va uning dastlabki  holatining integral indeksini hisob-kitob qilish usulini ko‘rib chiqish, ushbu konsepsiyaning iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish modellari bilan o‘zaro aloqasini o‘rganib chiqish, global va milliy darajada ushbu muammoni mingyillik rivojlanish  maqsadlariga muvofiq tarzda vazifalari va istiqbollarini tahlil etishni o‘z ichiga oluvchi inson taraqqiyotining asosiy konsepsiyalarini o‘rganishdan iborat.