Ilmiy ishlar

4-6 noyabr kunlari TIQXMMI ning “Menejment” kafedrasi o’qituvchilari Durmanov A., Tulaboev A., Li M., Maxsumxanova A., Saidmurodzoda M., hamda  30 nafardan ortiq Kanada, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Аrabistoni, J.Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, Chexiya Respublikasi, Litviya, Serbiya, Italiya va Bolgariya davlatlarining professor-oʼqituvchilari, universitet talabalari, yurtimizda АKT sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo’lib o’tgan "Informatika va kommunikatsion texnologiyalar 2019" (ICISCT 2019) nomli xalqaro ilmiy-texnik anjumanida ishtirok etishdi. Ushbu konferentsiya materiallari  SCOPUS ilmiy ma'lumotlar bazasida indekslanadi.